Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini ijro etishga oid qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 22-band. ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsga nisbatan belgilangan taqiq…

ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsga nisbatan belgilangan taqiq (cheklov)larga aniqlik kiritish toʻgʻrisidagi, agar ular hukmda noaniq bayon etilgan boʻlsa. 14. Sud tomonidan JPK 542-moddasi tartibida quyidagi masalalar ham koʻrib chiqiladi: 1) ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodligi cheklangan va qidiruv eʼlon qilingan mahkumga nisbatan ehtiyot chorasini qoʻllash yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi; 2) ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsga nisbatan belgilangan taqiq (cheklov)larni toʻliq yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisidagi; 3) mahkumni mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi; 4) jazoni ijro etish muddati oʻtib ketganligi munosabati bilan mahkumni asosiy va qoʻshimcha jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi; 5) tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari muddatini uzaytirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi (JK 95-moddasi ). 15. Hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalar quyidagi sudlar tomonidan hal etiladi: JPK 541-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan masalalar — hukm chiqargan sud tomonidan, yaʼni birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi (oqlov hukmi chiqarilganda) sudi tomonidan; JPK 541-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan masalalar — mahkum jazoni oʻtayotgan joydagi (iltimosnoma yoki taqdimnoma sudga kelib tushganidan soʻng mahkum boshqa jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazilganda, u amalda jazoni oʻtayotgan joydagi) tuman (shahar) sudi tomonidan; JPK 541-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan masalalar — mahkumning yashash joyidagi tuman (shahar) sudi tomonidan. Hukmni ijro etish bilan bogʻliq, JPK 541-moddasida nazarda tutilgan masalalar, ish apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasida koʻrilganligidan qatʼiy nazar, yuqorida koʻrsatilgan sudlar tomonidan hal etiladi. Hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni hal etishda sudlovga tegishlilik qoidasi buzilishi jinoyat-protsessual qonunini buzish hisoblanadi. 16. Hukmni ijro etish bilan bog