Hukm, ajrim va qarorlarni (bundan buyon matnda-hukmni) ijro etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha ish yuritish JPK 59-bobida nazarda tutilgan. Ularga quyidagi masalalar kiradi: hukm ijrosini kechiktirish (JPK 533-moddasi ) toʻgʻrisida; mahkumni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilish (JPK 534-moddasi ) toʻgʻrisida; jazoning shartliligini bekor qilish (JPK 535-moddasi ) toʻgʻrisida; mahkumni jazoni oʻtashdan shartli ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish (JPK 536-moddasi ) toʻgʻrisida; mahkumni jazoni oʻtashdan amnistiya aktiga asosan ozod qilish (JPK 536-1-moddasi ) toʻgʻrisida; jazoni oʻtash vaqtida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning saqlash sharoitlarini oʻzgartirish (JPK 537-moddasi ) toʻgʻrisida; mahkumni tergov hibsxonasiga joylashtirish (JPK 538-moddasi ) toʻgʻrisida; jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash jazolarini boshqa jazo choralari bilan almashtirish (JPK 539-moddasi ) toʻgʻrisida; hukmlarning fuqaroviy daʼvoga va boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismini ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal etish (JPK 539-1-moddasi ) toʻgʻrisida; hukmlarni boshqa ijro etilmagan hukmlar mavjud boʻlganda ijro etish (JPK 540-moddasi ) toʻgʻrisida; sinov muddatini qisqartirish (JPK 543-moddasi ) toʻgʻrisida; sudlanganlik holatini olib tashlash (JPK 544-moddasi ) toʻgʻrisida; axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtash vaqtini mahkumning umumiy ish stajiga qoʻshish (JPK 545-moddasi ) toʻgʻrisida; xizmat boʻyicha cheklash, intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish (JPK 546-moddasi ) toʻgʻrisida.