Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 14-band. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda…

Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflarga oʻz protsessual huquqlarini amalga oshirishga va majburiyatlarini bajarishga zarur sharoit yaratib berishi shart. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida ishning muhokamasi, JPK 483 , 497¹⁷ va 509⁷-moddalarida nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida olib boriladi.