Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 16-band. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatida protsess ishtirokchilarining sud majlisi…

Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatida protsess ishtirokchilarining sud majlisi bayonnomasida qayd etilgan koʻrsatuvlari ularning birinchi instansiya sudida aslida bergan koʻrsatuvlariga mos emasligi toʻgʻrisida keltirilgan vajlari bu shaxslarni apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari majlisida soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirilishi mumkin. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ishni koʻrishda, ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) 238-moddasi bilan bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilgan protsess ishtirokchisining bir-biridan jiddiy farq qilgan koʻrsatuvlariga, tegishli munosabat bildirishlari shart.