Birinchi instansiya sudi tomonidan jazolarni qoplash qoidalari (JK 59-moddasining uchinchi qismi) notoʻgʻri qoʻllanilganligi aniqlanganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari jazolarni qoʻshish tartibini qoʻllashi mumkin. Bunda, agar shu asoslarga koʻra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilmagan yoki prokuror tomonidan protest bildirilmagan boʻlsa, yangi jazo hukm boʻyicha tayinlangan uzil-kesil jazo miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.