Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 30-band. JPK 494-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga koʻra, hukm apellyatsiya, kassatsiya…

JPK 494-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga koʻra, hukm apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga faqat jabrlanuvchi (uning vakili)ning shikoyatida, prokuror protestida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha bekor qilinishi mumkin. Boshqa mahkumlar yoki ular himoyachilarining ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi yoki jazoning yengilligi toʻgʻrisidagi shikoyatlari hukmni mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga bekor qilish uchun asos boʻla olmaydi.