Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari JPK 55 , 57 , 59 , 61 , 63-moddalariga muvofiq oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun barcha sud majlislarida ishtirok etishga haqlidirlar. Shu sababli bu shaxslarning keyingi sud majlislarida ishtiroki ixtiyoriy (ularning ishtiroki sud tomonidan zarur deb topilgan hollar bundan mustasno) boʻlib, bu haqda ish muhokamasi keyinga qoldirilganda sud majlisi bayonnomasida qayd etgan holda tushuntirilishi shart.