Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 20-band. JPK 296-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va…

JPK 296-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash sud muhokamasining muhim tarkibiy qismi ekanligini hisobga olib, sudlar har bir jinoyat ishini koʻrib chiqish chogʻida yetarli asoslar mavjud boʻlganda, xususiy ajrim chiqarishlari lozim. Sud surishtiruv yoki dastlabki tergov oʻtkazilishi davrida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni aniqlasa, xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan bunga tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini qaratishi lozim.