Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 23-band. Taraflar muzokarasi ishtirokchilari oʻz soʻzlarida, sudlanuvchi esa, shuningdek, oxirgi…

Taraflar muzokarasi ishtirokchilari oʻz soʻzlarida, sudlanuvchi esa, shuningdek, oxirgi soʻzida ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi holatlar toʻgʻrisida xabar bersalar, sud, sud tergovini JPK 452-moddasi talablariga muvofiq, yangidan boshlab, sudlanuvchini ushbu holatlar toʻgʻrisida batafsil soʻroq qilishi hamda ularni protsessual qonunning sud tergoviga oid talablariga rioya etgan holda sinchkovlik bilan tekshirishi lozim.