Jinoyat ishlarini birinchi instansiyada koʻrib chiqishga tayyorlash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 16-band. JPK 405⁷ va 410-moddalariga muvofiq, sudya quyidagi hollarda jinoyat ishi boʻyicha ish…

JPK 405⁷ va 410-moddalariga muvofiq, sudya quyidagi hollarda jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, agar: ayblanuvchi yashiringan boʻlsa va uning turgan joyi maʼlum boʻlmasa; ayblanuvchi ogʻir va davomli kasallikka chalingan boʻlib, bu holat uning sud majlisida ishtirok etishiga toʻsqinlik qilsa. Ayblanuvchi yashiringan boʻlib, uning turgan joyi maʼlum boʻlmasa, sudya ish yuritishni toʻxtatib turish bilan bir vaqtda unga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ayblanuvchiga nisbatan qidiruv eʼlon qilinganligi munosabati bilan yuritilishi toʻxtatilgan jinoyat ishi sud ajrimini ijro etish uchun ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga yuboriladi. Ish yuritishni toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilgandan soʻng jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish qayta tiklanadi va bu haqda sudya ajrim chiqaradi.