Sudlarga tushuntirilsinki, bir necha ayblanuvchidan faqat bittasiga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatish uchun asoslar mavjud boʻlganda, boshqalariga nisbatan jinoyat ishi muhokamasi davom ettiriladi. Bu qoida sud tomonidan ish yuritish toʻxtatib turilgan ayblanuvchi ishtirokisiz ishni koʻrib chiqish imkoniyati yoʻq deb topilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.