Sudlarga tushuntirilsinki, ishni sudda muhokama qilish uchun tayinlash chogʻida aniqlanishi lozim boʻlgan muhim holatlardan biri ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻri tanlanganligi toʻgʻrisidagi masala hisoblanadi. Ehtiyot chorasi oʻzgartirilganda sudyaning ajrimida bunday qaror qabul qilish zaruratini tasdiqlovchi dalillar va vajlar keltirilgan asoslar koʻrsatilishi lozim. Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan yoxud oʻzgartirilganda qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan shaxs darhol ozod qilinishi kerak (uy qamogʻi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasiga oʻzgartirilgan hollar bundan mustasno).