Jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida 24-band. Jinoiy qilmish jinoyat qonunining bir moddasidan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni…

Jinoiy qilmish jinoyat qonunining bir moddasidan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni nazarda tutuvchi bir necha moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinganda, agar, bu sudlangan (mahkum)ning ahvolini ogʻirlashtirmasa va uning himoya huquqini buzmasa, yuqori bosqich sudi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida jazo tayinlaydi. Bu jazo birinchi bosqich sudi tomonidan tayinlangan jazodan ogʻir boʻlmasligi lozim.