Jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida 29-band. Kassatsiya va nazorat instansiya sudi Jinoyat-protsessual kodeksining 298 va…

Kassatsiya va nazorat instansiya sudi Jinoyat-protsessual kodeksining 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sud muhokamasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini qaratish zarur boʻlgan, xususiy ajrim chiqaradi. Biroq, yuqori bosqich sudi, oʻzgartirilmasdan qolidirilgan sud qarorining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligiga shubha tugʻdiruvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.