Jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 12-band. JPK 518-moddasiga koʻra nazorat instansiyasi sudida ishni koʻrish boshlangunga qadar…

JPK 518-moddasiga koʻra nazorat instansiyasi sudida ishni koʻrish boshlangunga qadar protest bildirgan shaxs oʻz protestini, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori esa, oʻzining oʻrinbosari bildirgan protestni qaytarib olishga yoki oʻzgartirishga (shu jumladan toʻldirishga) haqli. Qonunga koʻra, mahkum oʻzining shikoyatini, shuningdek himoyachisining shikoyatini shunday tartibda qaytarib olishga haqli. Shikoyat (protest)ning qaytarib olinishi, agar ish boʻyicha boshqa shaxsning shikoyati yoki protesti boʻlmasa, nazorat tartibida ish yuritish tugatilishiga olib keladi. Bu haqda ajrim chiqariladi. Shikoyat (protest)ning qaytarib olinishi uning yangidan umumiy tartibda berilishiga monelik qilmaydi.