Mahkum (oqlangan shaxs)ning nazorat instansiyasi sudi majlisida ishtiroki uning huquqi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, jinoyat ishi kelib tushganidan soʻng sud mahkum (oqlangan shaxs)ni nazorat instansiyasi sudida ish koʻriladigan vaqt haqida xabardor qilishi lozim. Jazoni ijro etish muassasasida jazo oʻtayotgan mahkumning nazorat instansiyasi sudi majlisida ishtiroki zarurati, shuningdek uni olib kelish masalasi sud tomonidan hal etiladi (JPK 479-moddasi toʻrtinchi qismi ).