Jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 2-band. Nazorat tartibidagi shikoyat, protest bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga…

Nazorat tartibidagi shikoyat, protest bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga (bundan buyon matnda Oliy sud deb yuritiladi) beriladi. Nazorat tartibida ish yuritish quyidagicha qoʻzgʻatilishi mumkin: Oliy sud sudyasining ajrimi boʻyicha — JPK 515-moddasiga muvofiq; Oliy sud raisi yoki uning oʻrinbosari ajrimi boʻyicha — JPK 515¹-moddasi uchinchi qismiga muvofiq; Oliy sud raisi yoki uning oʻrinbosari protesti boʻyicha — JPK 511-moddasiga muvofiq; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari protesti boʻyicha — JPK 511-moddasiga muvofiq; Nazorat tartibida ish yuritish faqat apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha qoʻzgʻatiladi.