Nazorat instansiyasi sudi, Oliy sud Rayosati bundan mustasno, aynan bir hukm, ajrim, qaror ustidan aynan bir mahkum (oqlangan shaxs)ga nisbatan berilgan shikoyat (protest) boʻyicha ishni, garchi u boshqa asoslar boʻyicha berilgan boʻlsa ham, takroran koʻrib chiqishga haqli emas. Ayni paytda nazorat instansiyasi sudi ilgari nazorat tartibida qaror qabul qilinmagan mahkumga (oqlangan shaxsga) nisbatan ishni takroran koʻrib chiqishga haqli.