Nazorat instansiyasi sudi hukmni, ajrimni, qarorni oʻzgartirish uchun asoslar mavjud boʻlganda quyidagilarga haqli: qilmishni JK boshqa moddasiga (bir necha moddalariga) qayta kvalifikatsiya qilishga, agar bu mahkumga birinchi instansiya sudi hukmida, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi ajrimida bayon qilinganidan jiddiy farq qiladigan ayblov qoʻyilishiga yoki unga ogʻirroq jazo tayinlanishiga olib kelmasa; hukmdan ayblovning bir qismini (ayrim epizodlarini) yoki mahkumning javobgarligini ogʻirlashtiruvchi belgilarni chiqarishga; hukmdan jinoyatlarning ideal majmui tariqasida qilmishni notoʻgʻri baholash tufayli ortiqcha eʼlon qilingan JK moddasini chiqarishga; JK 70 — 72-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda — mahkumni jazodan ozod qilishga yoki shartli hukm qoʻllashga; JK Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida yoki JK 57-moddasini qoʻllagan holda jazo miqdorini kamaytirishga yoki boshqa yengilroq jazo (asosiy va qoʻshimcha) tayinlashga; jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirishga, shuningdek ushbu masala sud tomonidan hal etilmagan hollarda, bunday zararni qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga, basharti bu jinoyat kvalifikatsiyasini mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan tomonga oʻzgartirish zaruratini keltirib chiqarmasa; mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga yoki hukmdan uni oʻta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qarorni chiqarishga; mahkumga nisbatan jazoni ijro etish koloniyasining boshqa, shu jumladan qattiqroq turini belgilashga.