Jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 27-band. JPK 494-moddasi birinchi qismi talablariga rioya etgan holda mahkumning qilmishi JK bir…

JPK 494-moddasi birinchi qismi talablariga rioya etgan holda mahkumning qilmishi JK bir moddasidan ikki va undan ortiq moddalariga qayta kvalifikatsiya qilinganda, nazorat instansiyasi sudi sud qarorlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi va JK 59-moddasida belgilangan qoidaga muvofiq jazo tayinlashga haqli. Bunda uzil-kesil tayinlangan yangi jazo turi va miqdori hukm boʻyicha tayinlangan jazodan ogʻirroq boʻlishi mumkin emas. Agar JK bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi shart boʻlgan ikki yoki undan ortiq qilmish JK bir necha moddasi bilan notoʻgʻri kvalifikatsiya qilingan boʻlsa, nazorat instansiyasi sudi ushbu qilmishlarni yengilroq jinoyat toʻgʻrisidagi moddaga qayta kvalifikatsiya qilib, uning sanksiyasi doirasida mazkur modda boʻyicha tayinlangan jazodan ogʻirroq, biroq uzil-kesil tayinlangan jazo miqdoridan koʻp boʻlmagan jazo belgilashga haqli.