Nazorat instansiyasi sudi hukmni, ajrimni, qarorni bekor qilganda quyidagilarga haqli: JPK 83 , 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, ishni toʻliq hajmda yoki mustaqil kvalifikatsiya qilingan ayblov qismi boʻyicha tugatishga; JPK 484-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli. Nazorat instansiyasi sudi apellatsiya yoki kassatsiya ajrimini, shuningdek keyingi sud qarorlarini (agar ular chiqarilgan boʻlsa), bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasida yangidan koʻrib chiqishga yuborishi mumkin. Bunda ish boʻyicha qoʻllanilgan ehtiyot choralarini oʻzgarishsiz qoldirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish masalasi hal etilishi shart hisoblanadi.