Jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 30-band. Agar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni koʻrishda nazorat instansiyasi sudi aybdor…

Agar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni koʻrishda nazorat instansiyasi sudi aybdor jinoiy jazo qoʻllamasdan ham axloqan tuzatilishi mumkin, degan xulosaga kelsa, u sud qarorlarini bekor qilib, ishni tugatishga yoki voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod etib, unga nisbatan qonunda belgilangan majburlov choralaridan birini (JK 87-moddasi ) qoʻllashga haqli.