Jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 35-band. JPK 494-moddasi ikkinchi qismi mazmuniga koʻra, hukm (ajrim, qaror) nazorat instansiyasi…

JPK 494-moddasi ikkinchi qismi mazmuniga koʻra, hukm (ajrim, qaror) nazorat instansiyasi sudi tomonidan mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga faqat shikoyatda (protestda) koʻrsatilgan asoslar boʻyicha bekor qilinishi mumkin. Masalan, agar shikoyatda (protestda) faqat mahkumning harakatlari notoʻgʻri kvalifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilgan boʻlsa, sud qarori jazoning yengilligi sababli bekor qilinishi mumkin emas. Mahkum yoki uning himoyachisining boshqa mahkumlarga nisbatan ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllash yoki jazoning yengilligi toʻgʻrisidagi shikoyati hukm (ajrim, qaror)ni mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga oʻzgartirish uchun sabab boʻlmaydi.