Jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 36-band. Nazorat instansiyasi sudi ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrishga…

Nazorat instansiyasi sudi ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrishga yuborish paytida ayblovning isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi, u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, ayrim dalillarning boshqa dalillardan ustunligi, jinoyatning kvalifikatsiyasi va jazo toʻgʻrisidagi sud xulosalarini oldindan hal qilib qoʻyadigan koʻrsatmalar berishga haqli emas. Nazorat instansiyasi sudi, hukm (ajrim, qaror)ni bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborayotganda, oʻz qarori (ajrimi)da qanday holatlar hukm (ajrim, qaror)ning bekor qilinishiga asos boʻlganligini va yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi qanday bartaraf etilishi kerakligini koʻrsatishi shart.