Shuni nazarda tutish lozimki, shikoyat (protest) mazmuni JPK 510-moddasi ikkinchi qismi talablariga mos boʻlishi lozim. Shikoyat (protest) quyidagi hollarda qaytariladi, agar: u JPK 502¹-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa; ish apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa. Shikoyat, shuningdek, unga mazkur ish boʻyicha sud tomonidan tasdiqlangan sud qarorlari koʻchirma nusxasi ilova etilmagan holda ham qaytariladi. Qayd etilgan holatlar bartaraf etilgandan soʻng shikoyat (protest) umumiy tartibda qayta berilishi mumkin.