Qonunga koʻra, mulkiy ziyon uchun javobgarlik ayblanuvchi, sudlanuvchiga emas, balki boshqa shaxsga yuklatilgan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tegishli jismoniy yoki yuridik shaxsni fuqaroviy javobgar sifatida ishda ishtirok etishga jalb etish toʻgʻrisida qaror (ajrim) chiqaradi va unga JPK 59-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. Mulkiy ziyon oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxsning jinoiy harakatlari natijasida yetkazilgan hollarda fuqaroviy javobgar sifatida ishga uning ota yoki onasi (farzandlikka oluvchisi), vasiysi yoxud uning vasiysi hisoblanadigan tarbiyalash, davolash yoki boshqa muassasa jalb etilishi lozim (FK 993-moddasi ).