Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 6-band. Jinoyat ishini koʻrish uchun tayinlashda sud jinoyat natijasida yetkazilgan zararni…

Jinoyat ishini koʻrish uchun tayinlashda sud jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash choralari koʻrilganligi, fuqaroviy daʼvo kiritilganligini aniqlashi lozim. Agarda surishtiruv, dastlabki tergov organi, prokuror tomonidan bunday choralar koʻrilmagan boʻlsa, sudya JPK 290 , 396-moddalariga asosan, oʻz tashabbusi bilan bunday choralarni koʻradi, biroq sud bunday choralarni bevosita koʻrish imkoniyatiga ega boʻlmasa, surishtiruvchi yoki tergovchiga zarur choralarni koʻrish majburiyatini yuklash boʻyicha ajrim chiqaradi (JPK 398-moddasi ). Bunda surishtiruv, tergov organlari, prokuror tomonidan fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari koʻrilmagan yoki oʻz vaqtida koʻrilmagan har bir holatga sudlar xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishlari lozim.