Aybdor tomonidan kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarning faqat bir qismi qonunga xilof ravishda oʻtkazilib, qolgan qismi keyinchalik surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida aniqlangan hollarda, aybdorning harakatlari kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarning umumiy miqdoridan kelib chiqib, qonunga xilof ravishda oʻtkazish sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.