Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 14-band. Aybdorda kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda…

Aybdorda kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazishga qasd mavjudligi toʻgʻrisidagi masalani hal etishda, sudlar bunday vosita yoki moddalar haqiqatdan oʻtkazish maqsadida tayyorlab qoʻyilganligiga oid dalillar majmuidan kelib chiqishlari lozim. Bunday dalillarga, masalan, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalar faqat isteʼmol qilinishini istisno etadigan miqdorda topilganligi, bunday moddalar muayyan dozada qadoqlanganligi, ular tashish yoki joʻnatishda maxsus maxfiy joyga yashirilganligi, ularni tayyorlash uchun asbob-uskunalar mavjudligi va h.k. kiradi.