Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) 251¹-moddasida nazarda tutilgan kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish deganda, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, xuddi shuningdek, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun moʻljallangan asbob-uskunalarni oʻtkazish maqsadida tayyorlash, olish, saqlash, tashish, joʻnatish yoki oʻtkazish tushuniladi.