Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoxud joʻnatish qoidalarini buzish (JK 251¹-moddasining toʻrtinchi qismi ) odamning uzoq muddat davomida kasallanishi, atrof-muhitning zaharli moddalar bilan ifloslanishi va hk.larda ifodalanishi mumkin. Ehtiyotsizlik orqasida badanga shikast yetkazilishi yoxud odam oʻlishi JK 251¹-moddasining toʻrtinchi qismi bilan qamrab olinadi va JK Maxsus qismining inson hayoti va sogʻligʻiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.