Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 8-band. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda joʻnatish deganda…

Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda joʻnatish deganda, shaxsning pochta aloqasi, havo yoki boshqa transport turidan foydalanib, ularni pochta joʻnatmalari, posilkalar yoki yuk (bagaj) sifatida, shuningdek, oʻzi bevosita ishtirok etmagan holda boshqa shaxs orqali qonunchilikda belgilangan tartibni buzgan holda koʻchirishga qasddan qaratilgan harakatlari tushunilishi lozim. Bunda ushbu qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik shaxsda kelgusida mazkur moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish qasdi mavjud boʻlganidagina, vujudga keladi.