Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 9-band. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish deganda…

Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish deganda, ularni har qanday usulda haq evaziga yoki tekinga (sotish, hadya etish, almashtirish, qarzi evaziga berish yoki qarz sifatida berish va h.k.) boshqa shaxsga berish tushunilishi lozim. Bunda moddalar shaxs tomonidan bevosita yoki boshqa usulda (masalan, ular saqlanadigan joy haqida xabar berish, shartlashilgan joyga qoʻyib ketish) amalga oshirilishi mumkin.