Tushuntirilsinki, guvohlar, ekspertlar mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar va ularni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi bilan belgilangan.