Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 18-band. Tushuntirilsinki, arizachi arz qilgan talablaridan voz kechganda u qilgan xarajatlarning…

Tushuntirilsinki, arizachi arz qilgan talablaridan voz kechganda u qilgan xarajatlarning oʻrni javobgar tomonidan qoplanmaydi. Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan arizachi oʻz talablaridan ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganligi oqibatida voz kechganligi sababli ish yuritish tugatilgan holda, davlat boji javobgardan davlat daromadiga undiriladi. Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar kelishuv bitimi tuzgan boʻlib, unda sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shart mavjud boʻlsa, sudlar davlat bojini ushbu kelishuvga muvofiq taqsimlashi, kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisida shart mavjud boʻlmasa, bu masala kelishuv bitimini tasdiqlash chogʻida, MSIYUtKda belgilangan umumiy tartibda hal etilishiga sudlarning eʼtibori qaratilishi lozim.