Tushuntirilsinki, maʼmuriy ishlar boʻyicha davlat boji quyidagilardan undiriladi: 1) birinchi instansiya sudiga beriladigan: idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; saylov komissiyalarining harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni roʻyxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlaganlik ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi; MSIYUtKning 27¹-moddasida koʻrsatilgan investitsiya nizolari boʻyicha; MSIYUtKning 27²-moddasida koʻrsatilgan raqobat toʻgʻrisidagi; maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha undirish soʻzsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi; MSIYUtKning 27-moddasida koʻrsatilgan ariza (shikoyat) bilan bir qatorda ushbu talablarga sababiy bogʻlanishda boʻlgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat)lardan; 2) beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan: maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari; ish yuritishni tugatish, arizani koʻrmasdan qoldirish, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan; 3) sud hujjatlarining dublikatlari va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun. Ish hujjat