Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 6-band. Shuni nazarda tutish lozimki, toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji miqdori arizachi sudga…

Shuni nazarda tutish lozimki, toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji miqdori arizachi sudga murojaat qilayotgan talabining turiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha aniqlanadi. Bir nechta mustaqil talablardan iborat boʻlgan arizalardan davlat boji har bir talab boʻyicha, ushbu talab uchun belgilangan tegishli stavkalar boʻyicha alohida undiriladi. Bunda sudlar, arizada javobgar zimmasiga muayyan majburiyat yuklashning soʻralishi alohida talab emas, balki huquqni tiklash chorasi hisoblanishiga eʼtibor qaratishlari lozim.