Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga koʻra uchinchi shaxslar ishga mustaqil talablar bilan kirishganida davlat boji umumiy asoslarda undiriladi. Ishga kirishgan arizachining huquqiy vorisidan davlat boji, agar u muqaddam toʻlanmagan boʻlsa, umumiy asoslarda undiriladi.