Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 9-band. Sud tomonidan koʻrmasdan qoldirilgan ariza takroran berilganda davlat boji qaytadan…

Sud tomonidan koʻrmasdan qoldirilgan ariza takroran berilganda davlat boji qaytadan umumiy asoslarda toʻlanadi. Shu bilan birga, agar ariza koʻrmasdan qoldirilganligi yoki qaytarilishi munosabati bilan davlat boji qaytarilishi lozim boʻlgan, lekin qaytarilmagan boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilgan yoki qaytarishga asos boʻlgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng takroran berilgan holda arizaga, agar davlat boji budjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq daʼvo muddati tugamagan boʻlsa, davlat boji toʻlanganligi haqidagi dastlabki hujjat ilova qilinishiga yoʻl qoʻyiladi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining toʻrtinchi va yigirma birinchi qismlari). Davlat boji masalasi hal qilinmasdan sudning ish yurituviga qabul qilingan ariza (shikoyat)lar MSIYUtKning 105-moddasiga asosan koʻrmasdan qoldirilganda, davlat bojini undirish (sud xarajatlarini taqsimlash) umumiy asoslarda hal qilinishi lozim. Bunda sudlar “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasi talabidan kelib chiqib, ariza (shikoyat)lar MSIYUtKning 105-moddasi 1, 5-bandlariga asosan koʻrmasdan qoldirilganda, davlat boji undirilmasligini eʼtiborga olishlari lozim.