Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 4-moddasiga muvofiq, manfaatdor shaxs, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, prokuror, shuningdek, boshqa shaxslar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga vakolatli ayrim fuqarolar va davlat organlari maʼmuriy organ qarorini haqiqiy emas va uning mansabdor shaxsi harakatini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat) bilan, basharti bu qaror, harakat (harakatsizlik) tufayli uning: huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilgan; huquqlari, erkinliklarini amalga oshirish va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda toʻsqinlik yaratilgan; zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklatilgan; u yoki bu sohadagi faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa toʻsqinlik yaratilgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli.