Qarorni haqiqiy emas deb topish, harakatni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat) MSIYUtK 128 , 187-moddalariga muvofiq rasmiylashtirilishi hamda qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajati toʻlangan boʻlishi lozim. Ariza (shikoyat) shakli va mazmuniga nisbatan MSIYUtK 187-moddasida belgilangan talablarni inobatga olib, unda jumladan, quyidagilar koʻrsatilishi kerak: qanday qaror, harakat (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotganligi; maʼmuriy organning nomi; mansabdor shaxsning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari; qarorning rekvizitlari; arizachining aniq qanday huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi; arizachining fikriga koʻra, ustidan shikoyat qilinayotgan qaror, harakat (harakatsizlik) qaysi qonun hujjatiga zid ekanligi; shunga oʻxshash shikoyat buysunuv tartibida yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga berilgan-berilmaganligi va agar berilgan boʻlsa, qanday javob olinganligi.