Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida 16-band. MSIYUtK 92-moddasiga koʻra, sud arizachining yoki manfaati borasida ariza berilgan…

MSIYUtK 92-moddasiga koʻra, sud arizachining yoki manfaati borasida ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud boʻlsa va bunday choralarni koʻrmay turib, ularni himoya qilish mumkin boʻlmagan yoxud qiyin boʻlgan hollarda dastlabki himoya choralarini koʻrishga haqli. Agar nizolashilgan qaror ijrosining majburiy toʻxtatib turilishi qonunda nazarda tutilgan boʻlsa (masalan, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining uchinchi qismi , “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 40-moddasining uchinchi qismi ), sudya arizachi sudga murojaat qilganligi munosabati bilan nizolashilayotgan qarorning bajarilishi maʼmuriy organ yoki mansabdor shaxs tomonidan toʻxtatilgan- toʻxtatilmaganligini tekshirishi shart. Agar bu amalga oshirilmagan boʻlsa, sud sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar mazkur qarorning harakatini toʻxtatib turish haqida ajrim chiqarishi lozim. Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda nazarda tutilgan hollarda maʼmuriy organ mansabdor shaxsining favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar va aholi hayoti va sogʻligʻiga real xavf soladigan boshqa holatlarning oldini olish bilan bogʻliq qarorlari, harakatlarini toʻxtatib turishga yoʻl qoʻyilmaydi.