Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida 18-band. Shuni nazarda tutish lozimki, maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslari qarorlari…

Shuni nazarda tutish lozimki, maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda, sud Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining daʼvo muddati toʻgʻrisidagi normalarini qoʻllashga haqli emas va faqat MSIYUtK hamda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarda nazarda tutilgan muddatlargagina asoslanishi kerak.