Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida 6-band. Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining harakatlari deganda, qaror shaklida…

Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining harakatlari deganda, qaror shaklida ifodalanmagan boʻlsa ham, biroq manfaatdor shaxslar huquqlari va erkinliklarini buzilishiga olib kelgan yoki ularning huquqlari va erkinliklari amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilgan yuridik ahamiyatga ega farmoyishlar tushuniladi. Harakatsizlik deganda, maʼmuriy organ yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar (lavozim yoʻriqnomalari, nizomlar, reglamentlar, buyruqlar) bilan yuklatilgan majburiyatni bajarmaslik tushuniladi.