Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida 7-band. Sudlarga tushuntirilsinki, qonun hujjatlariga koʻra tekshirilishi Oʻzbekiston…

Sudlarga tushuntirilsinki, qonun hujjatlariga koʻra tekshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mutlaq vakolatiga kiradigan davlat organlari qarorlari, shuningdek, qonun hujjatlarida ustidan sudga shikoyat berishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) MSIYUtK 23-bobida belgilangan tartibda koʻrib chiqilmaydi. Xususan, maʼmuriy organlar mansabdor shaxslarining jinoyat ishi yoxud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish bilan bogʻliq qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan, tegishlicha, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi. Shu bilan birga, sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalari mansabdor shaxslarining ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash haqidagi qarorlari va harakatlari MSIYUtK 23-bobida nazarda tutilgan tartibda nizolashilishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 542-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal qilinadigan masalalar bundan mustasno.