Davlat ijrochisining qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan MSIYUtKning 23-bobida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinadi. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, davlat ijrochilarining ijro hujjatini Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda ijro etmaslikda ifodalangan harakatsizligi ustidan nizolashishga doir ishlar ham maʼmuriy sudga taalluqlidir.