Oshiqcha xavf manbai tomonidan xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni ish beruvchi, basharti zarar uni bartaraf qilish mumkin boʻlmagan kuchlar tufayli yoki jabrlanuvchining qasddan qilgan harakati oqibatida kelib chiqqanligini isbotlab berolmasa, toʻlashi shart. Oshiqcha xavf manbai va uning egasi haqidagi tushuncha Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 999-moddasida yoritib berilganligini sudlar eʼtiborda tutishlari lozim.