Korxona tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda, tegishli toʻlovlarni toʻlash majburiyati Qoidalarning 42-bandiga muvofiq, uning huquqiy vorisiga yuklanadi. Korxona tugatilganda, zararni qoplash toʻlovlari summasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibda Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilmagan taqdirda zararni undirish haqidagi daʼvo uning huquqiy vorisiga yoki yuqori turuvchi xoʻjalik organiga beriladi.