Sudlar xodimga yetkazilgan ziyon oʻrnini qoplashga oid quyidagi nizolar boʻyicha ishlarni koʻradi: a) ish beruvchi tomonidan xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon oʻrnini qoplash haqidagi; b) ish beruvchi tomonidan xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqani toʻlash va qoʻshimcha xarajatlarni qoplash haqidagi; v) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqani toʻlash va yetkazilgan ziyonni qoplash haqidagi; g) ziyonni qoplash miqdorini yoki boquvchisi vafot etganligi natijasida ziyon toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar sonini oʻzgartirish haqidagi; d) Qoidalar shartlari va normalari boʻyicha qayta hisoblab chiqish haqidagi; e) belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oshirilishi munosabati bilan ziyonni qoplash miqdorini koʻpaytirish haqidagi; j) jabrlanuvchining sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi oqibatida berilgan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi, ish haqidagi yoʻqotishni toʻliq qoplamagan yoki unga bunday nafaqa toʻlanmagan hollarda yetkazilgan ziyonni qoplash haqidagi; z) qayta tibbiy guvohlantirishdan (nogironlikni belgilash) soʻng sogʻliqqa shikast yetkazilganligi oqibatida yetkazilgan ziyon toʻlovlarini toʻlash yoki qayta hisoblash haqidagi; i) maʼnaviy ziyonni qoplash haqidagi nizolar; k) sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan xodimga, boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan esa, uning oila aʼzolariga yetkazilgan ziyonni undirish bilan bogʻliq boshqa nizolar.