Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar boʻyicha sud amaliyoti haqida 7-band. Ishni sudda koʻrishga tayyorlashda sudlarning eʼtibori nizoni hal qilish uchun zarur…

Ishni sudda koʻrishga tayyorlashda sudlarning eʼtibori nizoni hal qilish uchun zarur boʻlgan dalillar doirasini aniqlab, ularni talab qilib olish uchun tegishli choralar koʻrishga qaratilsin. Jumladan, ish beruvchining yetkazilgan zararda aybdorligi va javobgarligini isbotlovchi dalil sifatida quyidagi hujjatlar ishga qoʻshilishi lozim: ishlab chiqarishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisa haqida dalolatnoma, sud hukmi va qarori, prokuratura, surishtiruv va dastlabki tergov organining qarori, mehnat-texnika inspektorining yoki mehnatni muhofaza qilish va mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini, salomatlikka yetkazilgan zarar sabablarini nazorat qilishni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslar (organlar)ning xulosasi; kasb kasalligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa; aybdor shaxslarga maʼmuriy yoki intizomiy jazo berish toʻgʻrisidagi qaror; mehnat jarohati tufayli xodimga vaqtincha mehnat layoqatini yoʻqotganlik uchun nafaqa toʻlovi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun ish beruvchi tomonidan davlat ijtimoiy sugʻurta budjetiga pul oʻtkazish toʻgʻrisidagi kasaba uyushma qoʻmitasining, tuman (shahar) soliq inspeksiyalarining qarorlari hamda ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa dalillar. Kasaba uyushmasi qoʻmitasining yoki boshqa vakil qilingan vakolatli organ tomonidan berilgan jabrlanuvchining ayb darajasini aniqlash haqidagi xulosa ish boʻyicha dalillardan biri hisoblanib, FPK 80-moddasiga muvofiq, ishda mavjud boʻlgan boshqa dalillar majmui bilan birgalikda sud tomonidan baholanishi lozim. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ish beruvchining aybi faraz qilinadi. Ish beruvchi oshiqcha xavf manbai tomonidan zarar yetkazilishi hollaridan tashqari, yetkazilgan zarar uchun oʻzining aybdor emasligini isbotlab bergan taqdirda zararni qoplashdan ozod qilinishi mumkin.